Qalbaki tuxumlar izidan! «O‘rikzor» bozorida tekshiruv o‘tkazildi

Qalbaki tuxumlar izidan! «O‘rikzor» bozorida tekshiruv o‘tkazildi

Ijtimoiy tarmoqlar orqali O‘zbekiston bozorlarida, xususan, O‘rikzor savdo kompleksida sun’iy tuxumlar sotilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federasiyasiga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan 2019 yil 22 fevral kuni O‘rikzor savdo kompleksi MCHJga qarashli do‘konlarda monitoring, ya’ni parranda tuxumi bilan savdo qiluvchi tadbirkorlar bilan birma-bir suhbat o‘tkazilib, savdo yurituvchilarga sanitariya, xususan, tibbiy daftarchalarga ega bo‘lish hamda mahsulotlarga beriladigan veterinariya ma’lumotlarini taqdim etish talablari qo‘yildi.

Shuningdek, savdoda bo‘lgan tuxumlardan namunalar olinib, har bir sotuvchining o‘zi guvohligida qisqa muddatli ko‘rgazmali tekshiruv o‘tkazildi.

Xulosalarga ko‘ra, tekshiruv davomida tuxum namunalari iste’molga yaroqli ekani aniqlandi.

Mutasaddilar tomonidan o‘zaro axborot almashishga kelishilib, nazorat kuchaytirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!