Qadimiy o‘zbek shaharlarida mashhur do‘konlar tizimi ochiladi

Qadimiy o‘zbek shaharlarida mashhur do‘konlar tizimi ochiladi

Avvalroq, Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida 2025 yilgacha turizmni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqilgani haqida xabar bergan edik.

Mazkur qarorga bilan turizmni rivojlantirish uchun 2019 yilda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar rejasi ham tasdiqlanishi belgilangan.

2019 yilda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar rejasida “shopping” turizmini rivojlantirish bo‘yicha aniq vazifalar ko‘rsatilgan.Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga qadimiy shaharlar va viloyatlarning ma’muriy markazlarida bojsiz savdo qiluvchi Duty Free do‘konlarini tashkil etish uchun tegishli o‘zgartishlarni kiritish to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi qarori ishlab chiqiladi.
 
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasiga savdo-ko‘ngilochar kompleks va butiklar tashkil qilishni rag‘batlantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish yuklatiladi.

Manba: qalampir.com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!