Putinni haqorat qilgan gruziyalik jurnalistni qatl qilish kerakmi?

Putinni haqorat qilgan gruziyalik jurnalistni qatl qilish kerakmi?

Shimoliy Osetiyadan saylangan Federasiya kengashi a’zosi Arsen Fadzayev Rossiya prezidenti Vladimir Putinni haqorat qilgan gruziyalik jurnalistni qatl etishga chaqirdi.

«Siz o‘zingiz uni Tbilisi markazida qatl etishingiz kerak. Bu holatni kechirib bo‘lmaydi. Aks holda bu noto‘g‘ri bo‘ladi va sizni hech kim tushunmaydi», — degan senator.

Rossiyalik senator Georgiy Gabuniyaning kunlari «uzoqqa cho‘zilmagani»ga ishonch bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Putin Gabuniyani jinoiy javobgarlikka tortish tashabbusini qo‘llab-quvvatlamagan va buni jurnalist uchun «ortiqcha sharaf» deb atagandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!