Putin Ukrainaga qarshi sanksiyalarni kiritish to‘g‘risida qaror imzoladi

Putin Ukrainaga qarshi sanksiyalarni kiritish to‘g‘risida qaror imzoladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga qarshi maxsus iqtisodiy choralar haqida qarorni imzoladi, deb xabar qildi Kreml rasmiy sayti.

Ukraina Rossiya fuqarolari va kompaniyalariga o‘z sanksiyalarini to‘xtatsa Rossiya maxsus iqtisodiy choralarni bekor qiladi, deyilgan qarorda.

Iqtisodiy choralarni ishlab chiqish va ular ta’siriga tushadigan shaxslar ro‘yxatini tayyorlash to‘g‘risida Hukumatga topshiriq berildi.

Ukraina Moskovaning agressiv harakatlaridan so‘ng  Rossiya kompaniya va fuqarolariga nisbatan sanksiyalarni kiritdi va bu ro‘yxatni doimiy ravishda to‘ldirib bormoqda. Oxirgi marta bu sentyabr oyida amalga oshirildi: bu cheklovlarga “RJD Logistika”, "Promkompleksplast" va "Gazgolder” kompaniyalari tushdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!