Putin: "Rossiyaning boshqa yo‘li yo‘q"

Agar hech bo‘lmaganda bitta imkon bo‘lsa, Rossiya Ukrainadagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilgan bo‘lardi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi urush qatnashchilari bilan uchrashuvda so‘z ochdi.
"Agar muammoni boshqa, tinch yo‘l bilan hal qilish uchun hech bo‘lmaganda bitta imkoniyat bo‘lganida edi, biz, albatta, undan foydalanardik. Lekin ular bizga bunday imkoniyatni qoldirishmadi, shunchaki berishmadi. Rossiyaning boshqa tanlovi yo‘q", deydi Rossiya rahbari.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya urush davomida barcha rejalarini amalga oshirmoqda.
“Yigitlar (Rossiya harbiylari – tahr.) mardona, qahramonona, professional tarzda kurashmoqda. Barcha rejalashtirilgan ishlar amalga oshirilmoqda. Natijaga erishamiz, bunga hech qanday shubha yo‘q", deydi Prezident.
Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar
-
Rossiyaga qarshi sanksiyalar barbod bo‘ldi
-
Kiyevning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish istagi bo‘yicha Rossiyaning pozisiyasi o‘zgardi
-
AQSh Tolibonni jiddiy ogohlantirdi
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Bildirilgan fikrlar (92 )






































































































