Putin koronavirusga chalinganlar davolanayotgan shifoxonaga tashrif buyurdi

Putin koronavirusga chalinganlar davolanayotgan shifoxonaga tashrif buyurdi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Moskvaning Kommunarka shahridagi koronavirusga chalinganlar davolanayotgan kasalxonaga tashrif buyurdi.

Putin ichkariga kirishdan oldin maxsus himoya kiyimlarini kiygan.

Yo‘l davomida Putin tibbiy markazning bosh shifokori Denis Prosenko bilan suhbatlashgan va klinikadan olgan taassurotlari haqida so‘ragan. "Ajoyib! Men Yevropada ko‘p narsani o‘rganganman va tajriba almashganman ... Ammo bu yerda tartib yuqori darajada", dedi shifokor.

Prezident koronavirusga qarshi kurash masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan majlisdan so‘ng Kommunarkadagi kasalxonaga kelgan. Bu paytda unga bosh vazir o‘rinbosari Tatyana Golikova, Moskva meri Sergey Sobyanin, va Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashkolar hamrohlik qilishgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!