Putin Indoneziya rahbari bilan global oziq-ovqat xavfsizligi masalalarini muhokama qildi

Putin Indoneziya rahbari bilan global oziq-ovqat xavfsizligi masalalarini muhokama qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Indoneziya prezidenti Joko Vidodo Rossiya-Indoneziya munosabatlarini rivojlantirish va global oziq-ovqat xavfsizligini muhokama qildi.

“Putin, xususan, Rossiyaning Turkiya va BMT kotibiyati bilan birgalikda jahon don va o‘g‘it bozorlaridagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha olib borayotgan sa’y-harakatlari haqida ma’lumot berdi”, — deyiladi Kreml bayonotida .

Davlat rahbarlari, shuningdek, savdo-iqtisodiy sohadagi qator yirik ikki tomonlama loyihalarni ilgari surish va 2022 yil noyabr oyida Balida bo‘lib o‘tadigan G20 sammitiga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini ham muhokama qildilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!