"PSJ" tarixida uchinchi bor "Barselona"ni YECHLdan chiqarib yubordi

"PSJ" tarixida uchinchi bor "Barselona"ni YECHLdan chiqarib yubordi

"Barselona" uchinchi marta "PSJ" tomonidan Chempionlar ligasidan chiqarib yuborildi.

Bugun Xavi shogirdlari turnirning 1/4 final bosqichida o‘z maydonida parijliklarga javob o‘yinida mag‘lub bo‘ldi (1:4, umumiy 4:6).

Hech bir jamoa kataloniyaliklarni Chempionlar ligasidan "PSJ"dan ko‘proq chiqarib yubormagan - 3 marta. Bugungi natijadan tashqari, “Barsa” parijliklar tomonidan 1994/95 yilgi mavsumning chorak finalida, shuningdek, 2020/21 yilgi mavsumning ham 1/8 finalida mag‘lub etilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!