Prezidentni "Twitter"da haqoratlagan 30 kishiga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Prezidentni "Twitter"da haqoratlagan 30 kishiga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Turkiyaning xavfsizlik bosh boshqarmasi Twitter ijtimoiy tarmog‘ida mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni haqoratlovchi xabarlarni tarqatgan 30 foydalanuvchini aniqladi. Boshqarmada ta’kidlanishicha, ushbu shaxslarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Ushbu foydalanuvchilarga qarshi ish ochilishiga ular tomonidan Erdo‘g‘anga nisbatan “o‘ldi” so‘zi qo‘llangan heshtegdan foydalanishi sabab hisoblanadi. Mutasaddi idoralar bunday turdagi xabarlarni prezidentni haqoratlashga, unga bo‘lgan ishonchga putur yetkazishga, yolg‘on axborot tarqatishga qaratilgan va jinoyat kodeski ta’siri ostiga tushuvchi deb topgan.

Tergovchilar tomonidan ushbu shaxslarning aybdorligini isbotlovchi hujjatlar va dalillar to‘plangan va sud organlariga jo‘natilgan. Ularga qamoq jazosi xavf solmoqda.

Ta’kidlanishicha, Erdo‘g‘an o‘zi haqidagi nojo‘ya xabarlar va bayonotlarni aniqlash maqsadida advokatlari bilan ijtimoiy tarmoqlarni sinchkov monitoring qiladi. Aksariyat holatlarda Erdo‘g‘anni haddan tashqari tanqid qilishi va uning faoliyati borasidagi asossiz fikrlari uchun muxolif siyosatchilar jinoiy ta’qib qilinadi. Biroq hukumat ijtimoiy tarmoqlarda ham prezident haqida yolg‘on axborotlar tarqatilishi oldini olishga harakat qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!