Prezident sovg‘alari topshirildi

Prezident sovg‘alari topshirildi

O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy“ jamg‘armasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yoshlar ittifoqi kengashiga Prezident sovg‘asi – “Isuzu“ avtobuslari, “Oila“ ilmiy-amaliy tadqiqot markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi shahar va tuman bo‘limlariga esa 16 ta “Spark“ xizmat avtomashinalari topshirildi.

– Prezidentimiz tomonidan nuroniylarga katta e’tibor qaratilmoqda, – deydi “Nuroniy“ jamg‘armasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarma raisi Sharap Usnatdinov. – Mana, qoraqalpog‘istonlik nuroniylar uchun “Isuzu“ avtobusi topshirilgani bizni behad quvontirdi. Bundan tashqari, qoraqalpog‘istonlik 27 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 10 turdagi qishki kiyim-kechaklar tarqatilmoqda. Nukusda qurilgan “Nuroniylar maskani“ faoliyatidan ham keksalarimiz juda mamnun.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yoshlar ittifoqi kengashiga topshirilgan avtobus Prezidentimiz tomonidan yoshlar kelajagiga qaratilayotgan alohida e’tiborning amaldagi ifodasi bo‘ldi. Bu xursandchilik Nukus shahridagi Yoshlar markazida “Bo‘lg‘usi kelin-kuyovlar innovasion maktabi“ning ochilish tantanasiga ulanib ketdi.

Bunday maktab O‘zbekistonda ilk bor Toshkent shahri Shayxontohur tumani FHDYo bo‘limi qoshida tashkil qilingan. Ushbu maktabda oilaviy munosabatlarning ma’naviy-axloqiy asoslari, oila iqtisodiyoti, ro‘zg‘or va byudjetni yuritish, oiladagi ijtimoiy rollar va ularni anglagan holda munosabatlar qurish kabi mavzularda o‘quv seminarlari o‘tkaziladi.
Manba: uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!