Pista chaqish ko‘richakka sabab bo‘lmaydi, ammo...

Pista chaqish ko‘richakka sabab bo‘lmaydi, ammo...

Shifokor-endokrinolog Tatyana Bocharova pista chaqish jiddiy kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkinligini aytdi.

“Pista chaqish ko‘richakka sabab bo‘lishi haqidagi gaplar –  safsata. Ammo, buning oqibatida qorin boshqa kasallik tufayli og‘rib qolishi mumkin”, dedi shifokor.

Uning aytishicha, pista tarkibida katta miqdorda yog‘ mavjudligi bois ham oshqozon yarasi va gastritga sabab bo‘ladi.

Ustiga-ustak, pista o‘ta kaloriyali mahsulot hisoblanadi. 100 g pistaning energetik qiymati 550 kkal.ni tashkil qiladi. Bu esa bitta shokolad plitkasiga teng ko‘rsatkich. Odamlar aksariyat holatlarda uni shunchaki ermak deb qabul qilishadi, natijada ortiqcha vazn xavfi paydo bo‘ladi.

Shunga qaramasdan, pistani me’yorida chaqish organizm uchun foydali bo‘lishi mumkin. Uning tarkibidagi V, A va YE vitaminlari yurak, magniy esa asab tizimi faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!