Peruda sovuq tufayli favqulodda holat rejimi joriy etildi

Peruda sovuq tufayli favqulodda holat rejimi joriy etildi

Peruning janubi-sharqiy qismi bu joylar uchun g‘ayrioddiy bo‘lgan sovuqlik ichida qoldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sovuq havo, ayniqsa, Titikaka ko‘li sohilidagi Puno mintaqasiga ta’sir ko‘rsatgan.

Kundalik o‘rtacha harorat noldan pastga tushgan. Ba’zi joylarda havo minus 12 darajagacha sovigan.

Ba’zi daryolar muz bilan qoplangan, mahalliy aholi esa sovuqdan aziyat chekmoqda.

Hukumat 72 tumanda favqulodda holat e’lon qilgan.

“Bu qismlarda o‘rnatilgan sovuq Anddagi baland tog‘larning barcha aholisiga: odamlar va hayvonlarga juda kuchli ta’sir ko‘rsatdi”, deydi Larakeri meri Pedro Erasmo.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!