Peruda avtobus ag‘darilib ketishi oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi

Peruda avtobus ag‘darilib ketishi oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi

Shanba kuni Peru shimoli-g‘arbidagi Talara provinsiyasida 60 kishini olib ketayotgan avtobus qoyadan qulab tushdi. Bu haqda RPP radiostansiyasi xabar bermoqda.

RPP radiostansiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozircha 25 kishining o‘lgani ma’lum.

Mamlakat rasmiylari qurbonlar sonini hali tasdiqlamadi. Jarohatlanganlar kasalxonaga yotqizilgan.

Polisiya tergov ishlarini olib bormoqda. Dastlabki versiyaga ko‘ra, avtobus haydovchisi tunda tik qiyalikda boshqaruvni yo‘qotgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!