Pensiyaga chiqishda ish staji bilan bog‘liq muammolar bo‘lmasligi uchun nima qilish kerak?

Pensiyaga chiqishda ish staji bilan bog‘liq muammolar  bo‘lmasligi uchun nima qilish kerak?


Bugungi kunda ba’zi holatlarda pensiya yoshiga yetgan fuqarolar pensiya tayinlanishi uchun murojaat qilganlarida ish staji kam chiqish holatlari uchrab turibdi.

Bu nima bilan bog‘liq?

🔄Ma’lumki, ayni vaqtda Pensiya jamg‘armasi pensiya tayinlashni so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning barcha ma’lumotlarini elektron ravishda tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan elektron shaklda olmoqda.

Shaxsning ish staji va ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘liq raqamlashtirilgan bo‘lsa, “ish staji yo‘qolib qolish” holati yuz bermaydi.

Aksincha, fuqaro ishlagan tashkilot, korxona va muassasalar qonunchilikka muvofiq xodimning pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarini (mehnat staji, ish haqi va boshqalar) “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritmagan taqdirda pensiya tayinlash vaqti kelganda “ish staji va ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar” chiqmasligi mumkin.

⌨️ Bunday holatga tushmaslik uchun rasmiy mehnat faoliyati yuritayotgan barcha fuqarolarimizdan ish staji va ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga e’tiborli bo‘lgan holda, ish beruvchilaridan barcha ma’lumotlarini “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritib raqamlashtirib qo‘yishlarini maslahat beramiz.

👤Shuningdek, ishlamayotgan fuqarolar mehnat daftarchalaridagi ma’lumotlar raqamlashtirilmagan bo‘lsa, yashash hududlaridagi kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlariga murojaat qilgan holda, mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni raqamlashtirib olishlari mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!