Pekin va Urumchi koronavirus bilan kurashish uchun cheklovchi choralarni o‘rnatmoqda

Pekin va Urumchi koronavirus bilan kurashish uchun cheklovchi choralarni o‘rnatmoqda

Pekin va Urumchi hukumati joriy hafta boshida koronavirusning oldini olish choralarini optimallashtirdi.

Pekin Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazi ta’kidlaganidek, COVID-19 infeksiyasi yuqtirishning yangi holatlari sonining ko‘payishi fonida epidemiyaga qarshi kurash choralarini optimallashtirish zarur.

Shahar ma’muriyati vakillarining so‘zlariga ko‘ra, Pekinda epidemiologik xavf yuqori bo‘lgan hududlarda joylashgan turar-joy majmualarida darvoza va kirish yo‘llarini to‘sish taqiqlangan. Tibbiy transport, shoshilinch evakuasiya va shoshilinch tibbiy yordam uchun yo‘llar ochiq bo‘lishi kerak.

Avvalroq Xitoy poytaxti hukumati oziq-ovqat va zaruriy tovarlar sotiladigan savdo markazlari va supermarketlarning qayta ochilishini tezlashtirishi haqida xabar bergan edi. Bunday shoxobchalarga, agar COVID-19 holatlari aniqlansa, binolar majburiy yopilgandan va dezinfeksiya qilinganidan keyin bir kundan keyin ishini tiklashga ruxsat etiladi.

O‘tgan sutka davomida Pekinda 4,3 mingdan ortiq yangi koronavirus infeksiyasi yuqtirish holati aniqlandi.

Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni (SHUAR) ma’muriy markazi Urumchi shahrida jamoat transporti faoliyati va yetkazib berish xizmatlari tiklandi. Epidemiologik xavf darajasi past bo‘lgan shaharlarda korxonalar, supermarketlar, dorixonalar va umumiy ovqatlanish korxonalari ishini tiklamoqda.

Urumchi shahar hokimiyati seshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifing chog‘ida muhtoj aholiga koronavirus epidemiyasi oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqqanligini ma’lum qildi.

Kam ta’minlangan yoki daromadsiz qolgan shahar aholisi uchun subsidiyalar berilishi kutilmoqda. Davlat uy-joy dasturlari bo‘yicha ijaraga olingan oilalar besh oy davomida ijaradan ozod qilinadi.

Urumchi shahrida yashovchi va ish topishda qiynalayotgan aholining kam ta’minlangan qatlamlarini shahar hokimiyati ish bilan ta’minlaydi.

Xitoy Xalq Respublikasi sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi sutka davomida materik Xitoyda 38 mingdan ortiq yangi koronavirus infeksiyasi yuqtirish holati aniqlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!