Paraatletlarimizga oq yo‘l tilandi

Paraatletlarimizga oq yo‘l tilandi

Ertaga Xitoyning Xanjchou shahrida IV Para Osiyo o‘yinlari boshlanadi.

O‘zbekiston delegasiyasi musobaqaga jo‘nab ketishi oldidan Osiyo Olimpiya kengashi vise-prezidenti O.Umarov, Yoshlar siyosati va sport vaziri o‘rinbosarlari - SH.Mahmudov va M.Ismoilov, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi O.Kasimov, qo‘mita raisi o‘rinbosarlari – A.Komilov hamda SH.Toshmatovlar Milliy paralimpiya qo‘mitasiga tashrif buyurishdi.

Ularni Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi vise-prezidenti – O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi M.Toshxo‘jayev qarshi oldi.

Tantanali kuzatish tadbiri oldidan O‘zbekiston delegasiyasining ushbu kompleks musobaqaga ko‘rgan tayyorgarligi, kutilayotgan natijalarga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi. Unda har bir yo‘nalishda kutilayotgan natijalar, hamyurtlarimizning tayyorgarligi bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

Para Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan O‘zbekiston delegasiyasi bugun Xanchjouga yetib bordi. Ma’lumot uchun, bu galgi musobaqada delegasiyamiz 11 sport turida 108 nafar paraatlet bilan ishtirok etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!