Oziq-ovqat mahsulotlari eng qimmat bo‘lgan mamlakatlarning o‘n yettitasi Afrikada joylashgan

Oziq-ovqat mahsulotlari eng qimmat bo‘lgan mamlakatlarning o‘n yettitasi Afrikada joylashgan

Oziq-ovqat mahsulotlari narxi aholi daromadlariga nisbatan eng qimmat bo‘lgan davlat sifatida Janubiy Sudan e’tirof etildi. Bu mamlakatda yashovchi kishi guruch va dukkaklilardan iborat palov yeya olish uchun ikki kun ishlashiga to‘g‘ri kelar ekan.

BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi ma’lumotiga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlari eng qimmat bo‘lgan yigirma mamlakatning o‘n yettitasi Afrikada joylashgan. Bu davlatlarda narx ko‘tarilishining eng asosiy sababi qurolli to‘qnashuvlar hisoblanadi. 

“Bizning yangi hisobotda qayd etilganidek, ochlikning ortida halokatli nizolar, iqlim o‘zgarishi, iqtisodiy inqiroz bor, endi ularning qatoriga COVID-19 pandemiyasi ham qo‘shildi”, – deydi Jahon oziq-ovqat dasturi rahbari Devid Bisli. 

Ma’lum bo‘lishicha, pandemiyadan avval Janubiy Sudan aholisi bir martalik taom uchun kunlik daromadining 27 foizini sarflar edi, hozir bu ko‘rsatkich 186 foizga yetgan. 

Oziq-ovqat mahsulotlari eng qimmat yigirmata davlat safida Tojikiston ham bor. Tojikistonliklar tushlik yoki kechki ovqat uchun kunlik daromadining 13 fozini sarflar ekan.  


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!