Ozarbayjonning Erondagi elchixonasiga qilingan hujum terrorchilik harakati emas - Eron TIV rahbari

Ozarbayjonning Erondagi elchixonasiga qilingan hujum terrorchilik harakati emas  - Eron TIV rahbari

Eron maxsus xizmatlari va xavfsizlik xizmatlari juma kuni Ozarbayjonning Erondagi elchixonasida yuz bergan otishma «terrorchilik harakati yoki uyushgan jinoyat emas, balki bir shaxs tomonidan sodir etilgan suiqasd» degan xulosaga kelishdi, dedi Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyyon, deb xabar beradi Kazinform Sinhua agentligiga tayanib.

Abdullohiyyon Ozarbayjonning Erondagi elchisi bilan birgalikda matbuot anjumani o‘tkazdi va Eron prezidenti Ibrohim Raisi voqeani tergov qilish va aybdorlarni javobgarlikka tortishni buyurganini qayd etdi.

Shu kuni Eron TIV rahbari Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov bilan telefon orqali suhbatlashdi va bu voqea ikki davlat munosabatlariga putur yetkazmasligi kerakligini ta’kidladi. Shuningdek, u ikki davlat xavfsizlik xizmatlariga voqeani birgalikda tekshirishni taklif qildi.

27 yanvar kuni ertalab Ozarbayjonning Erondagi elchixonasida otishma yuz berdi, diplomatik missiya xavfsizlik xizmati rahbari halok bo‘ldi, uning ikki hamkasbi yaralandi. Eron polisiyasi hujumchining bayonotiga asoslanib, hujum bir shaxsga qarshi fitna ekanligini aytdi. Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri elchixona xodimlari va ularning oila a’zolarini evakuasiya qilish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev ijtimoiy tarmoqlarda otishmani «terror xuruji» deb bilishini va aybdorlarning zudlik bilan jazolanishini talab qilishini yozdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!