Oyga borib 2 hafta yashash 50 mln dollar. Ko‘ngillilar kerak. “O‘zbekkosmos” agentligi sun’iy yo‘ldoshlar haqida ma’lumot berdi

Oyga borib 2 hafta yashash 50 mln dollar. Ko‘ngillilar kerak. “O‘zbekkosmos” agentligi sun’iy yo‘ldoshlar haqida ma’lumot berdi

Shu yilning iyun oyi boshlarida Ilon Maskning Starship kosmik kemasi sinov parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Necha yuz yillardan beri odamzotni qiziqtirib kelayotgan qizil sayyora – Mars sari yana bir qadam tashlandi. Bunday olamshumul yangiliklarni kuzatib, qachon o‘zbeklar ham koinot kengliklarini zabt etar ekan, degan fikr tug‘iladi. Shu kabi savollarga “O‘zbekkosmos” agentligi departament boshlig‘i Muhiddin Ibrohimov javob berdi.

Departament boshlig‘i O‘zbekistonning sun’iy yo‘ldoshi bor-yo‘qligi haqida ma’lumot berdi

O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh yo‘qligi, sun’iy yo‘ldosh uchirish sodda loyiha emasligi va qimmat turishi haqida mutaxassis ma’lumot berdi.

Davlat byudjeti nimaga mablag‘ sarflagani to‘g‘risida aniq talablar bo‘lishi kerak.

Sun’iy yo‘ldoshlarning bir necha turi bor – yerni masofadan zondlash, sun’iy aloqa yo‘ldoshi, ilmiy texnik yo‘ldosh. Hozir katta urg‘u – yerni masofadan zondlashga qaratilgan, 2020 yilda yo‘ldosh rasmlaridan foydalanish to‘g‘risida umuman tushuncha yo‘q edi.

Muhiddin Ibrohimov hozirgi vaqtga kelib kosmik sohaga nisbatan tushuncha, qiziqish borligini, talab esa ortib borayotgani haqida fikr bildirdi.

Mudofaa, xavfsizlik masalalari ham qo‘shilsa, milliy loyihaga talab kelib chiqadi. Buning moliyaviy, texnologik aspektlari mavjud bo‘lib, hammasini qo‘shganda, yaqin kelajakda siljish bo‘ladi, – deb ta’kidladi mutaxassis.

“Kelajakda inson qit’alararo raketada uchadigan bo‘ladi”

Departament boshlig‘i SpaceX va boshqa bir necha kompaniyalar bilan aloqalar borligi, tijorat kompaniyalari Oyda baza yaratish bo‘yicha zamin hozirlayotgani haqida so‘zlab o‘tdi.

Ma’lumot uchun, 5 ming tonnali Starship'ni yerdan 36 kilometrga ko‘tarilgani texnologik jihatdan o‘ta yuqori cho‘qqi hisoblanadi.

Marsga borish ham real holat, o‘ylaganimizdan yaqinroq yetib boramiz. Bu ish oxirgi 10 yilda jadal rivojlandi. Ilgari klassik kosmos degan tushuncha bo‘lardi, 1960–70 yillarda paradigma qo‘yilgan. 2015 yildan keyin tijorat kompaniyalari ko‘payib ketdi va ular kosmosni o‘zgartirib tashladi. Ilgari raketalar bir marta uchirilardi, qaytib kelmasdi, hozir esa qaytib keldi, – dedi “O‘zbekkosmos” agentligi departament boshlig‘i.

Kosmosga bir kg foydali yukni olib chiqish 60 ming dollarga baholangan, hozirda 10 ming dollarni tashkil qilmoqda. SpaceX esa ikki ming dollarga olib chiqmoqda.

Starship parvozi yo‘lga qo‘yilsa bir kg yukni 100 dollarga olib chiqishni reja qilgan. Inson vazni 100 kg bo‘lsa, orbitaga 10 ming dollarga chiqadi. Kosmos endi fantastika emas. Qancha ko‘p investisiya kiritilsa, inson qit’alararo raketada uchadigan bo‘ladi, – deydi Muhiddin Ibrohimov.

Oyga borish imkoni bor – 50 mln dollar. Yerdan uchib, Oyni aylanib, yana Yerga qaytish. Bu tijoriy masala, ko‘ngillilar kerak. Agar O‘zbekiston bunga qiziqsa va bitta o‘rinni moliyalashtirsa, biror kosmonavt uchib, qaytib kelishi mumkin. Bu insonni o‘ylantiradi, qiziq tajriba. Tarixda Gagarin o‘z ismini muhrladi, Armstrong ham. Marsga ham kim birinchi borsa, ismi tarixda qoladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!