Olmazorda lisey o‘quvchisi 9-qavatdan qulab, halok bo‘ldi

Olmazorda lisey o‘quvchisi 9-qavatdan qulab, halok bo‘ldi

Avvalroq bir qator nashrlarda Olmazor tumanida 19 iyul kuni 2000 yilda tug‘ilgan yigit o‘zini 9-qavat tomidan tashlab, halok bo‘lgani haqida xabarlar berilgan edi. Bosh prokuratura yigit o‘z joniga qasd qilgani haqidagi axborotni rad etdi.

Xabar berishlaricha, 19 iyul kuni Olmazor tumani Sebzor dahasi «Yuqori Sebzor» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, Farmasevtika akademik liseyi 2-kurs o‘quvchisi, 2000 yilda tug‘ilgan M. uyning 9-qavatiga televizorga antenna qo‘yish uchun chiqqan.

Biroq, o‘z ehtiyotsizligi tufayli tushib ketib, voqea joyida vafot etgan. «M.ning otasi va onasi bo‘lib o‘tgan baxtsiz hodisa yuzasidan da’vosi yo‘qligini ma’lum qilib, bu haqda dalolatnoma rasmiylashtirilgan», — deyiladi prokuratura axborotida.

Manba: 7news.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!