Oliy sud raisining o‘rinbosari I. Muslimov tomonidan fuqarolar qabul qilinib, aholi bilan muloqot o‘tkazilmoqda

Oliy sud raisining o‘rinbosari I. Muslimov tomonidan fuqarolar qabul qilinib, aholi bilan muloqot o‘tkazilmoqda

Qoraqalpog‘iston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi, Prezident xalq qabulxonalari, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi hamda Davlat bojxona qo‘mitasi rahbar xodimlari ishtirokida fuqarolarning sud-huquq sohasidagi murojaatlariga samarali yechim topish uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida tashkil etilgan ommaviy sayyor qabullar bo‘lib o‘tmoqda. 

Jarayonda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari I. Muslimov tomonidan fuqarolar qabul qilinib, aholi bilan muloqot o‘tkazilmoqda.

Xususan, 3-4 mart kunlari Nukus shahri, Amudaryo va Beruniy tumanlarida o‘tkazilgan sayyor qabullarida jami 455 nafar fuqaro qabul qilindi. 

Qabul qilingan fuqarolarning 215 tasi jinoyat ishlari bo‘yicha, 196 tasi fuqarolik ishlar bo‘yicha, 32 tasi ma’muriy ishlar buyicha, 12 tasi iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlarga oid murojaatlarni tashkil etadi.

Shundan 314 ta fuqaroning og‘zaki murojaati, 101 ta fuqaroning yozma murojaatlari qabul qilindi.

Jami 455 ta murojaatlardan 317 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi, 37 ta murojaat joyida ijobiy hal etilib, murojatlar qanoatlantirildi. 

101 ta murojaat bo‘yicha arizalar Oliy sud tomonidan kassasiya tartibida hal qilish uchun qabul qilindi, ushbu murojaatlarning barchasi qanoatlantirilib, tegishli sudlov xay’atiga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazildi.

Nukus shahrida 13 ta murojaat quyidagicha ijobiy hal qilindi:

- jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus shahar sudi tomonidan 13 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan oldin ozod qilindi;

- shuningdek, 2 ta shikoyat bo‘yicha ijro harakatlari to‘xtatildi.

Bundan tashqari, fuqarolik ishi bo‘yicha sud tomonidan ajrashish yoqasiga kelib qolgan oila bilan suhbat o‘tkazilib, 1 nafar voyaga yetmagan farzandi bor 1 ta oila yarashtirildi. 

Beruniy tumanida 14 ta murojaat quyidagicha ijobiy hal qilindi:

- jinoyat ishlari bo‘yicha Turtko‘l tuman sudi tomonidan 4 ta, Ellikqal’a tuman sudi tomonidan 5 ta, Beruniy tuman sudi tomonidan 3 ta, jami 12 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan oldin ozod qilindi;

- shuningdek, 2 nafar shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi ishlar sayyor sud majlisida ko‘rildi, ularning arizasi qanoatlantirilib, ma’muriy javobgarlikdan ozod qilindi.

Amudaryo tumanida 10 ta murojaat quyidagicha ijobiy hal qilindi:

- jinoyat ishlari bo‘yicha Amudaryo tuman sudi tomonidan 10 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan oldin ozod qilindi.

Sayyor qabullarda muammolari hal bo‘lgan 87 nafar fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga yozma tashakkurnoma bildirdilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!