Obama: "Bu Amerika xalqi uchun eng katta sharmandalik"

Obama: "Bu Amerika xalqi uchun eng katta sharmandalik"

AQShning sobiq prezidenti Barak Obama amaldagi rahbar Donald Tramp tarafdorlarining AQSh Kongressi binosiga bostirib kirishida Trampning o‘zini aybladi. Bu haqda u tvitterda yozgan.

"Tarix qonuniy saylovlar natijalari to‘g‘risida asossiz ravishda yolg‘on gapirishni davom ettirgan amaldagi prezidentning qo‘zg‘olonini, bugungi Kapitoliyni xalqimiz uchun eng katta sharmandalik sifatida eslaydi", dedi Obama.

Ma’lumot uchun, Trampning tarafdorlari Kongress binosiga bostirib kirib, prezidentlik saylovlari natijalarini tasdiqlash uchun yig‘ilishni to‘xtatdilar. Bungacha Tramp tarafdorlari oldida bo‘lib o‘tgan mitingda so‘zga chiqqan. AQSh Kongressi oldidagi to‘qnashuvlarda to‘rt kishi halok bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!