Nyu-Yorkda karantin: ertaroq qayerda eding, Tramp?
AQSh Prezidenti Donald Tramp shanba kuni bir qator shtatlarda, shu jumladan Nyu-Yorkda fuqarolarning harakatini cheklashni o‘z ichiga olgan karantin joriy qilinishini istisno qilmasligini aytdi.
"Biz bir nechta masalalarni ko‘rib chiqayapmiz ... Ba’zilar Nyu-Yorkni karantin holatida ko‘rishni xohlashadi. Balki Nyu-Jersi, ehtimol, yana bir necha shtatlar bo‘lishi mumkin. Ehtimol, qisman Konnektikut karantinda bo‘ladi. Men hozir bu haqda o‘ylayapman. Ehtimol, biz buni qilamiz. Ehtimol, qilmaymiz. Balki, bugun boshlarmiz", dedi u jurnalistlarga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu davlatga kirish va chiqishni cheklash bilan bog‘liq ikki haftalik karantin bo‘lishi mumkin. Trampning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi nyu-yorkliklar Florida shtatiga borishga harakat qilmoqda, bu pandemiya sababli unga yo‘l qo‘yilmasligi kerak.