Nursulton Nazarboyev Alisher Usmonovni orden bilan mukofotladi

Nursulton Nazarboyev Alisher Usmonovni orden bilan mukofotladi

Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovni Do‘stlik (Dostiq) I darajali ordeni bilan taqdirladi. Bu haqda Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Prezident Nursulton Nazarboyevning farmoni bilan Qozog‘iston mustaqilligi kuni munosabati bilan taniqli rossiyalik tadbirkor, USM Holdings kompaniyasi ta’sischisi va mesenat Alisher Usmonov Do‘stlik I darajali ordeni bilan mukofotlandi , deyilgan xabarda.

U bu yuqori mukofotga davlat va jamoat faoliyatidagi xizmatlari, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishi, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashdagi ulkan hissasi uchun mukofotlandi , deyilgan tashqi ishlar vazirligida.

Aytish joizki, Usmonov 2011 yilda Do‘stlik II darajali ordeni bilan mukofotlangan.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev avgust oxirida Alisher Usmonovni El-yurt hurmati ordeni bilan, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin esa noyabr oxirida Vatan oldidagi xizmatlari uchun III darajali ordeni bilan mukofotlagandi.

Manba: zamin.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!