Noqulay vaziyatga tushib qolgan fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatildi
Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali tomonidan Andijon shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroning (ayol) o‘ng qo‘l barmog‘iga ikki dona kumush uzuklari ustma-ust tushib, siqilib qolganligi va uni olib tashlash bo‘yicha murojaat kelib tushgan.
Xabarga asosan, FVB qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borib, maxsus asbob-anjomlar yordamida fuqaroning barmog‘iga shikast yetkazmasdan chiqarib oldilar. Fuqaroning ahvoli yaxshi bo‘lganligi sababli shifoxonadan uyiga javob berib yuborilgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)