Noqonuniy valyuta ayirboshlashga oid jinoyat ishi fosh etildi

Noqonuniy valyuta ayirboshlashga oid jinoyat ishi fosh etildi

Jinoyat ishlai bo‘yicha Romitan tuman sudining ochiq sudi majlisida, sudlanuvchi A.R (F.I.Sh yashirilgan)ga nisbatan jinoyat ishi ko‘rilib, unga nisbatan tegishli hukm va jazo tayinlandi.

Ish holatiga ko‘ra Departamentning Romitan tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida OATB O‘zsanoatqurilishbank Qorovulbozor filiali bosh hisobchisi A.R (F.I.Sh yashirilgan) 2018 yil 6 sentyabr kuni SH.G‘.Toshevdan 64.200,0 ming so‘mni O‘zsanoatqurilishbank ATB Qorovulbozor fililali g‘aznasiga sanab olib, fuqaro SH.G‘.Toshevga 64.200,0 ming so‘mni bank kassasiga kirim qilganligi to‘g‘risida hech qanday hujjat bermasdan, 8.000 AQSh dollarini o‘zining tanishi Temirov Shuxrat Yorovich orqali Qorovulbozor tumanidagi Buxoro neftgaz parmalash AJga qarashli avtoturargohda berayotgan vaqtda qo‘lga olinib, jami 8.000 AQSh dollari daliliy ashyo sifatida olib qo‘yilgan.

Sud majlisida sudlanuvchi A.R (F.I.Sh yashirilgan)ga O‘zbekiston Respublikasi JKning 177-moddasi 2-qismi b bandi bilan eng kam oylik ish haqining 75 baravari miqdorida ya’ni 13.822.500 so‘m jarima jazosi tayinlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!