Noma’lum shaxs Olmaliqda 100 oilaning har biriga 2,5 kg dan go‘sht hamda 1 mln so‘m naqd pul tarqatdi

Noma’lum shaxs Olmaliqda 100 oilaning har biriga 2,5 kg dan go‘sht hamda 1 mln so‘m naqd pul tarqatdi

Bugun birov birovga bir so‘m yoki 1 kg kartoshka bersa ham darrov rasmga olib ijtimoiy tarmoqqa joylashiga ko‘nikib qoldik. Hadislarda aytilishicha, qilingan yaxshilik qanchalik sir saqlansa, egasiga shuncha ko‘proq savob tegadi. 

Shukrki, oramizda bu hadisni unutmagan yurtdoshlarimiz hamon bor ekan. "XXI asr" nashrining yozishicha, Olmaliq shahrida shaxsi ma’lum qilinmasligini iltimos qilgan saxovatpesha bir inson ehtiyojmand 100 ta oilaning har biriga 2,5 kg dan go‘sht hamda 1 mln. so‘m naqd pul tarqatdi.

Shuningdek, ushbu xayriya jamoatchilik asosida mahallalarni obodonlashtirishga hissa qo‘shayotgan ishchi-xodimlarga ham berildi. G‘oyibdan kelgan yordam muhtoj kishilarni mushkul ahvoldan qutqargani uchun ular bu saxovatpesha insonni uzoq duo qilishdi.

Bejiz xalqimiz orasida «O‘ng qo‘ling berganini chap qo‘ling bilmasin», «Yaxshilik qil, daryoga tashla, baliq bilmasa xoliq bilar», «Yaxshilik qilsang, yashir, yaxshilik ko‘rsang, oshir»  kabi maqollar aytilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!