NNTni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish muddati 1 oydan 15 kungacha qisqartirildi

NNTni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish muddati 1 oydan 15 kungacha qisqartirildi

Bu prezidentning 3 martdagi qarorida o‘z aksini topgan. Unga ko‘ra, mazkur tartib 1 martdan boshlab amal qiladi.

Qolaversa, NNTlar xabardorlik asosida xorijiy manbalardan olinadigan pul mablag‘lari va mol-mulkning bir yildagi jami summasi BHMning 20 baravaridan 100 baravarigacha oshirilmoqda.

Shuningdek, endi nogironligi bo‘lgan shaxslar, faxriylar, nuroniylar, xotin-qizlar, bolalar jamoat birlashmalari ramzlarini davlat ro‘yxatidan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish uchun davlat boji undirilmaydi. 

Hujjat bilan NNTning alohida bo‘linmasini hisobga qo‘yish tartibi bekor qilindi. 2021−2022 yillarda butun respublika bo‘yicha jami 15 ta kovorking-markazlari tashkil etiladi.

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondlariga 1,1 mlrd so‘mdan kam bo‘lmagan mablag‘lar yo‘naltiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!