Nexia-2 yo‘lni kesib o‘tayotgan 1-sinf o‘quvchisini urib yubordi- Surxondaryo

Nexia-2 yo‘lni kesib o‘tayotgan 1-sinf o‘quvchisini urib yubordi- Surxondaryo

 

 

Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida 24 fevral, chorshanba kuni soat 13:30 larda 29 yoshli fuqaro boshqaruvida bo‘lgan Nexia-2 avtomobili yo‘lni kesib o‘tayotgan o‘quvchini urib yuborib, YTH sodir etdi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.

 

 

Ma’lum qilinishicha, ko‘ngilsiz hodisa «Gulchechak» mahallasidan o‘tuvchi 4N-1589 avtomobil yo‘lining 11-kilometrida sodir bo‘lgan.

«Sho‘rchi tumaniga ketayotganimda bir yosh bola yo‘limga chiqib qoldi. Signal va tormozni bosib, chap tarafga burdim. Shunda ham qiz yugurishdan to‘xtamadi, mashinaning o‘ng tarafi bilan uni urib yubordim. O‘zim birinchi yordamni ko‘rsatib, shifoxonaga olib bordim», — deydi haydovchi.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida jabrlangan tumanning 59-sonli maktabi o‘quvchisi bo‘lgan. 8 yoshli qiz turli jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. YTH sodir bo‘lgan hududga viloyat IIB, YHXB rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh tashrif buyurgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!