Nemis olimlari hantavirusning odamdan odamga yuqishini aniqladi

A A A
Nemis olimlari hantavirusning odamdan odamga yuqishini aniqladi

Berlin shahridagi Sharite universiteti kasalxonasining tadqiqotchi guruhi Germaniyada Seul hantavirusini odamdan odamga yuqishini aniqladi deya  xabar berdi «RIA Novosti».

Ma’lum bo‘lishicha, Sharite tadqiqotchilari Fridrix Loeffler institutidagi hamkasblari bilan birgalikda virusni yosh bemor va uning uy ichidagi kalamushidan topishgan.

“Virus o‘zining asl kelib chiqishini Osiyodan oladi va Yevropaga kemalarda yovvoyi kalamushlar olib kelgan bo‘lishi mumkin. Ammo ilgari Germaniyada bunday holat kuzatilmagan", - deydi tadqiqot mualliflaridan biri, professor Yorg Xofmann.

Virusga chalingan bemorda o‘tkir buyrak yetishmovchiligi alomatlari paydo bo‘lgandan so‘ng u bir necha kun davomida reanimasiya bo‘limida yotgan.

Serologik test bemorda hantavirus infeksiyasining borligini tasdiqladi. Biroq hantavirusning qaysi ekanligi noma’lum. Maxsus molekulyar diagnostika texnikasi tufayli tadqiqotchilar bemor va uning kalamushida Seul virusi borligini tasdiqladi.

“Qo‘zg‘atuvchining uy ichidagi kalamushdan topilganligi virusni ushbu hayvonlarning savdosi orqali deyarli butun dunyoga eksport qilish mumkin, degan ma’noni anglatadi", deb hisoblashmoqda tadqiqotchilar. Shu munosabat bilan, ular kalamushlarni saqlaydiganlarga ehtiyot bo‘lishni maslahat berishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!