Navoiylik erkak o‘z pochchasiga nisbatan jinoyatga qo‘l urdi

Navoiylik erkak o‘z pochchasiga nisbatan jinoyatga qo‘l urdi

Joriy yilning 22 iyun kuni vaqtincha Navoiy shahar Hosil dala hovlida yashovchi 58 yoshli I.G. IIBga murojaat qilib, shu yil 17 iyun kuni noma’lum shaxs uning uyiga kalit tanlash yo‘li bilan kirib, 43 000 AQSh dollari va 67 mln. so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar  boshqarmasining yozishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni arizachi I.G.ning qaynukasi 49 yoshli A.I. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat  ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!