Navoiyda soxta prokuror sobiq kelinidan foydalanib qaynotadan pul undirdi

Navoiyda soxta prokuror sobiq kelinidan foydalanib qaynotadan pul undirdi

2019 yilning 10 oktyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Karmana tuman sudi binosida o‘tkazilgan ochiq sud majlisida sudlanuvchi Yuldoshov Botir Murodovichga (ismi o‘zgartirilgan) nisbatan hukm o‘qildi.

B. Yuldoshov uning jinoiy sherigi qismi O‘zbekiston Respublikasi JPK 84-moddasi 1-qismi 3-bandiga asosan tugatilgan S.Boltayev bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, bir guruh shaxslar bo‘lib, Xatirchi tumanida yashovchi M.Karimova ajrashib, ota-onasining uyiga qaytib kelganligidan foydalanib, tuzilgan rejaga asosan M.Karimovaning qaynotasiga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini Xatirchi tumani prokuraturasi xodimi sifatida tanishtirib, unga sobiq kelini va uning yaqin qarindoshlari shikoyat arizasi bilan murojaat qilganligini, hozirda ariza yuzasidan “odam savdosi” jinoyati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilayotganligini, “qamoqqa” olinishi mumkinligi bilan tahdid qilib, shuningdek, oilaviy muammosi bilan bog‘liq holatlarni ommaviy axborot vositalari orqali yoritib, uni sharmanda qilib, obro‘sizlantirishlarini aytib, shuningdek aytilgan pullarni bermasa uni tinch qo‘yimasligini aytib, ushbu vajlar bilan J.Safarovni qo‘rqitib, tinch qo‘yish evaziga o‘z mulkini berishga majbur qiladigan sharoitda solib qo‘yib, Karmana tumani “avtoshohbekati” hududida 2019 yilning 09 may kuni 2 mln. 600 ming so‘m miqdordagi pullarni tovlamachilik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan. 

Qismi O‘zbekiston Respublikasi JPK 84-moddasi 1-qismi 3-bandiga asosan tugatilgan S.Boltayevv J.Safarovga zo‘rlik ishlatib, sobiq kelini ustidan shikoyat arizasi murojaat qilganligi, uni jinoiy javobgarlikka tortish bilan qo‘rqitib, uni mulkiy manfaatdor qilishini yoki mulkiy yo‘sindagi huquqni berishga majbur qiladigan sharoitga solib qo‘yib, ushbu vaziyatdan foydalanib, moddiy jihatdan manfaatdor qilgan taqdirda, sobiq kelinining arizasi yuzasidan to‘plangan hujjatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atmasdan, ishni ijobiy tomonga hal qilishini aytib, 2019 yilning 10 may kuni 980 ming so‘m; 2019 yilning 12 may kuni 846 ming so‘m miqdordagi pullarni tovlamachilik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan va o‘z harakatlarini davom ettirib 1 mln. 240 ming so‘m miqdordagi pullarni berishni talab qilib, 07.06.2019 yilda Departamentning Uchquduq tumani bo‘limi hamda Uchquduq tuman IIB JQB tezkor xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, S.Boltayevdan talab qilgan 1 mln. 240 ming so‘m miqdordagi pullarni Karmana tumani “avtoshohbekati” hududida tovlamachilik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Jinoyat ishi yuzasidan mavjud dalillar va guvohlar ko‘rsatmalari har taraflama, sinchiklab tekshirilib, sudlanuvchi aybiga to‘liq iqrorligini, qilgan qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymondaligini inobatga olinib, O‘zbekiston Respublikasi JPKning 211,454-457, 460, 463, 465-468, 471,473,476-moddalariga amal qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan sudlanuvchi B.Yuldoshovga JKning 57-moddasi tartibida 4 yil muddatga, sutkaning soat 22:00 dan ertalabki 07:00gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida turar joyidan chiqishni cheklashdan iborat bo‘lgan ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Shuningdek, ozodlikni cheklash jazosini o‘tash davrida IIBning roziligisiz yashash joyini o‘zgartirmaslik, tegishli ma’muriy hududdan tashqariga chiqmaslik kabi qo‘shimcha taqiqlar ham qo‘llanildi.

 

                                        Alisher Saydullayev

Jinoyat ishlari bo‘yicha Karmana tuman sudi sudyasi,

 

Jasurbek Mavlonov

sudya yordamchisi 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!