Navoiyda ona voyaga yetmagan farzandini qiynab, do‘pposlab kelgani aniqlandi

Navoiyda ona voyaga yetmagan farzandini qiynab, do‘pposlab kelgani aniqlandi

Navoiy viloyatida mudhish jinoyat fosh etildi.

F.F o‘zining 11.11.2014 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan farzandi F.Jni voyaga yetmaganligini, ojiz ahvoldaligini bila turib jarohat yetkazgan. U 2019 yil avgust oyining boshlaridan 2019 yil 25 sentyabr kuniga qadar farzandini qo‘llari va o‘tmas jismlar bilan urib, muttasil ravishda do‘pposlab kelgan. Bu ham yetmagandek farzandini hovlisiga qamab, turli yo‘llar bilan qiynagan.

Karmana tumani STEBning xulosasiga ko‘ra, voyaga yetmagan F.Jda bosh miya chayqalishi, burun suyagining sinishi, bosh ensa, yuz, lunj, ikkala yelka, bilak va qo‘l kafti ikkala boldir sohasi yumshoq to‘qimalarining va teri osti gematomalari so‘rilish bosqichi; burun qirrasi, o‘ng qo‘l yelka, tirsak bo‘g‘imi, o‘ng qo‘l kaft tashqi yuzasi, chap qo‘l bilak bo‘g‘imi, tirsak, chap ko‘z pastki qovoq, chap tomon ko‘krak qafasi 9-10-qovurg‘alar proyeksiyasi; chap tomon dumba, o‘ng oyoq tizza, boldir, kaft, chap oyoq tizza, boldir sohalardagi qontalashlar; bosh ensa sohasi yumshoq to‘qimalarining lat yeyishi, shu sohadagi shilinma, bosh ensa yuqori qismidagi, o‘ng qo‘l va o‘ng oyoq kaft sohalaridagi shilinma kabi jarohatlari bilan sog‘liqni buzilishiga olib kelgan yengil tan jarohati yetkazganligi aniqlangan.

F.Fga jinoyat ishlari bo‘yicha Konimex tuman sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 110-moddasi 2-qismining “a,v” bandlari bilan 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!