Navoiyda maktab direktori tadbirkorning 16 000 AQSh dollarini "uxlatmoqchi bo‘ldi"

Navoiyda maktab direktori tadbirkorning 16 000 AQSh dollarini "uxlatmoqchi bo‘ldi"

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi, DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Navbahor tumanidagi 12-sonli maktab direktori A.O. xususiy korxona rahbari S.H.dan tuman hokimligi orqali granit qazib olish uchun yer ajratish masalasini hal qilib berish evaziga undan 16 000 AQSh dollari talab qilib, pulning bir qismi sifatida 9 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.O.ga nisbatan JKning 168 va 28,211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!