Navoiyda ijaraga berilgan 1 gektar yerni 5 ming dollarga sotishga uringan shaxs ushlandi

Navoiyda ijaraga berilgan 1 gektar yerni 5 ming dollarga sotishga uringan shaxs ushlandi

Navoiy viloyatida ijaraga berilgan yer maydonini noqonuniy ravishda sotishga uringan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda “Zamon” informasion dasturida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmati va departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda Xatirchi tumani o‘rmon xo‘jaligidan 49 yil muddatga ishlab chiqarish uchun ijaraga olingan 1 gektar yer maydonini 5 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlangan.

Er maydoni Zarafshon daryosiga 500 metr yaqinligi, hujjatlarda 1 gektar ko‘rsatilgan bo‘lsa-da aslida egallab olingan hudud 1,5 gektarni tashkil etishi, bundan o‘rmon xo‘jaligi xodimining ham xabari borligi aytilgan. Shuningdek, gumonlanuvchi o‘rmon xo‘jaligidagi tanishi yordamida yerni rasmiylashtirib berganidan so‘ng qo‘shimcha 1000 dollar miqdorida pul talab qilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

  • Avvalroq Sirdaryoda besh gektar yer maydonini 40 ming AQSh dollariga sotishga uringan opa-uka qo‘lga olingan edi.
  • Aprel boshlarida esa Navoiyda 80 gektar yerni 1 milliard so‘mga sotishga uringan shaxslar ushlangani,
  • Samarqand va Farg‘onada noqonuniy yer sotish holatlariga chek qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!