Navoiyda haydovchi uxlab qoldi va 10 yoshli bola vafot etdi

Navoiyda haydovchi uxlab qoldi va 10 yoshli bola vafot etdi

Joriy yilning 1 sentyabr kuni soat 12:18 larda, Navoiy viloyati, Konimex tumani hududidan o‘tuvchi A-379 “Navoiy-Zarafshon-Uchqududuq” avtomobil yo‘lining 85-86 kilometrlar oralig‘ida, “Zarafshon-Navoiy” yo‘nalishida, haydovchi, 1994 yilda tug‘ilgan Ye.B. “Neksiya” rusumli avtomobilni boshqarayotib, charchoq oqibatida uxlab qolib boshqaruvni yo‘qotgan va transport vositasi yo‘lning o‘ng tomoniga chiqib ketib ag‘darilgan.

Natijada, “Neksiya” rusumli avtomobil yo‘lovchisi 2010 yilda tug‘ilgan G.N. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Konimex tumani IIB huzuridagi TB tomonidan  dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

"Barcha haydovchilardan charchoq holatida transport vositasini boshqarib o‘zi va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz. Sizning qoidabuzarligingiz kimningdir o‘limigi yoki butun umr nogiron bo‘lib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin", deyiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabarida.


    Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

    Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

    Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!