Navoiyda bugundan buyum bozorlari ochiladi

Navoiyda bugundan buyum bozorlari ochiladi

12 avgustdan e’tiboran Navoiy shahridagi buyum bozorlari va buyum bozorlar atrofidagi yirik savdo nuqtalari o‘z faoliyatini boshlaydi. Bu haqda Navoiy shahri hokimligi matbuot xizmati xabar bergan.

Kecha, 11 avgust kuni Navoiy shahri hokimi M.Bazarov tegishli mas’ullar hamda shahar ishchi guruhi a’zolari hamkorligida Navoiy shahridagi buyum bozorlari va yirik savdo nuqtalarida bo‘lib, ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. 

Jarayonda tadbirkorlarning Navoiy shahar hokimiga qilgan murojaatlari inobatga olinib, ishchi guruh a’zolarining ijobiy xulosasiga ko‘ra buyum bozorlar va savdo nuqtalari faoliyatiga ruxsat berilgan.

Mazkur savdo nuqtalari faoliyatini karantin qoidalariga qat’iy amal qilgan holda olib borishi bo‘yicha tegishli mas’ullarga ko‘rsatma va topshiriqlar berilgan. Xususan, xarid jarayonida fuqarolar o‘rtasida oraliq masofaga jiddiy e’tibor qaratish, karantin talablariga asosan fuqarolarni bozor hududiga kirishini tashkil etish masalalariga o‘ta mas’uliyat bilan yondashish lozimligi uqtirilgan.

Ma’lum qilinishicha, avvalroq shaharda karantin talablari asosida «Dehqon bozor»lari hamda qurilish mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi «Darxon» bozori faoliyatini boshlagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!