“Navbahor” futbol klubi muxlislar sabab katta jarimaga tortildi

“Navbahor” futbol klubi muxlislar sabab katta jarimaga tortildi

Namanganning “Navbahor” futbol klubi muxlislari sabab jiddiy jazoga tortildi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar berdi.

Qayd qilinishicha, O‘zbekiston superligasi 23-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Paxtakor” bahsi davomida mahalliy muxlislar A. Asimov boshchiligidagi hakamlar guruhini bir necha bor nomaqbul so‘zlar bilan haqorat qilgan. Shuningdek, uchrashuvning ikkinchi bo‘limida muxlislar o‘tirgan sektorlardan ommaviy ravishda maydonga turli buyumlar, suv idishlari uloqtirilgan.

“Navbahor” muxlislari bungacha “Bunyodkor”, “Lokomotiv” va “Neftchi” jamoalariga qarshi kechgan safar uchrashuvlaridagi salbiy xulqi uchun ogohlantirilgan edi.

Shuni inobatga olib, Musobaqalar reglamentining “Klublar, klublar rahbarlari va futbolchilar majburiyatlari” bo‘limining 8.3 bandini, qolaversa, “Intizomiy va jarimalar kodeksi” 1-bo‘lim 5.9 bandini qo‘pol ravishda buzgani uchun avvalgi ogohlantirishlar inobatga olingan holda “Navbahor” FK 25 000 000 so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Agar ushbu holat yana bir bor takrorlansa, “Navbahor” klubi uy uchrashuvlarini muxlislarsiz – bo‘sh stadionda o‘tkazadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!