NATO Boltiq dengizida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda

NATO Boltiq dengizida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda

Bu haqida Anadolu axborot agentligi xabar bermoqda. Ushbu Boltiq dengizidagi mashqlar 2 kun davom etadi NATO hisobotiga ko‘ra, Ramstein Alloy deb nomlangan mashg‘ulotlarda Vengriya, Germaniya, Chexiya, Italiya, Turkiya, Buyuk Britaniya, Estoniya, Latviya va Litva havo kuchlari hamda NATO sherigi Finlyandiya ham ishtirok etmoqda.

Ittifoqchi davlatlar havo kuchlarining tezkor reaksiyasi mashqlarida aloqani uzish, tutib olish, qidiruv-qutqaruv, it jangi, yaqin havodan yordam berish, havoda yoqilg‘i quyish kabi ssenariylar o‘rin olgan.

Mashg‘ulotlarga 20 dan ortiq jangovar va qo‘llab-quvvatlovchi samolyotlar, shuningdek, erta ogohlantiruvchi samolyotlar hamda NATO qo‘mondonlik va boshqaruv markazlari jalb etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!