Narkotik vositalari savdosi fakti bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi

Narkotik vositalari savdosi fakti bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi

Shayxontohur tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko‘ra, 17 fevral kuni soat 18.30 da "Kaptiva" rusumli avtomobil to‘xtatilgan, haydovchi o‘zini g‘ayrioddiy tutgani sababli tekshiruv davomida 33 yoshli Ma’rufjon I.ning yonidan 5 kapsula "Regapen" va 0.23 gr. "gashish" topilgan. Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi ("Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar") bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Mirzo-Ulug‘bek tumani IIO FMB TB tomonidan olib borilgan tergov ishlari davomida aniq bo‘lishicha, 31 yanvar kuni kunduzi 40 yoshli Rustam YO. 30 yoshli Kamoliddin A.ga 5.87 gr. "gashish"ni 1.000.000 so‘m evaziga sotgan. Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi ("Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish") bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!