Namanganda tanishini pichoqlab qo‘ygan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Namanganda tanishini pichoqlab qo‘ygan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Joriy yil 23 aprel kuni soat 17:30 larda, Namangan shahrida yashovchi 1989 y.t. fuqaro “Z.M.Bobur” nomli madaniyat va istirohat bog‘ida Namangan tumanida yashovchi 2000 y.t. tanishi bilan o‘zaro janjallashib, qo‘lida bo‘lgan osh pichoq bilan chap ko‘krak sohasiga bir marotaba urgan.

Natijada, jabrlanuvchi tan jarohati olib, RSHTYOIM Namangan filialiga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha hozirda Namangan shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!