Namanganda mudhish avtofalokat: Haydovchi va yo‘lovchi halok bo‘ldi

Namanganda mudhish avtofalokat:  Haydovchi va yo‘lovchi halok bo‘ldi

Joriy yilning 3 sentyabr kuni soat 01:30larda Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida yashagan 31 yoshli SH.N. o‘z boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashinani To‘raqo‘rg‘on tumanidan o‘tuvchi “Pungon-Namangan” yo‘lining 69-km.da haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilib, yo‘l-transport hodisasini sodir etgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Natijada haydovchi SH.N. va avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan, “Obod” mahallasida yashagan 31 yoshli O.A. hamda “Movarounnahr” mahallasida yashovchi 27 yoshli B.N. jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay haydovchi SH.N. va O.A. shu yerda vafot etishgan.

Ayni paytda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!