Namanganda jinoiy sud 34 kishini oqladi

Namanganda jinoiy sud 34 kishini oqladi

Namanganda jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi tomonidan joriy yil davomida 34 nafar shaxs oqlandi. Bu haqda sudi raisi Davlatmirza Komilov ma’lum qildi, deya xabar beradi Turon 24.

2017 yili viloyatda jinoiy sud 2 kishiga oqlov hukmini chiqargandi.

Shu kungacha 507 kishi taraflarning yarashganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan.

«29 ta jinoyat ishi bo‘yicha mahalla fuqarolar yig‘inidan jamoatchi-himoyachi ishtirok etdi, — deydi Davlatmirza Komilov. — Mahalla kafilligi asosida 18 kishiga 16 ta jinoyat ishi bo‘yicha ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlangan».

Sud raisiga ko‘ra, 87 nafar yoshga 60 ta jinoyat ishi bo‘yicha Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi kafilligi asosida ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!