Namanganda 74 yoshli ayolni tosh bilan urib o‘ldirgan erkak 20 yilga qamaldi (VIDEO)

Namanganda 74 yoshli ayolni tosh bilan urib o‘ldirgan erkak 20 yilga qamaldi (VIDEO)

Namangan viloyatida erkak 74 yoshli ayolni urib o‘ldirdi.

Ma’lum bo‘lishicha, erkak ayolning umriga zomin bo‘layotgan vaqtda mast holatda bo‘lgan. U tungi klublarning biridagi hojatxonada ishlaydigan 74 yoshli ayolni savoliga to‘g‘ri javob bermagani uchun o‘ldirgan. Erkakning aytishicha, u ayoldan dam olishga qizlar bormi deb so‘raganda, ayol uyingda onang bilan dam ol deb javob bergan. Shundan g‘azablangan yigit ayolni tosh va boshqa jismlar bilan urib o‘ldirgan. 

Hodisa yuzasidan bo‘lib o‘tgan sudda erkakka 20 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!