Mustaqillik bayrami munosabati 1 sentyabr kuniga qadar pensiya to‘lovlari oldindan to‘lab beriladi

 Mustaqillik bayrami munosabati 1 sentyabr kuniga qadar pensiya to‘lovlari oldindan to‘lab beriladi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan 1-3 sentyabr dam olish kunlariga to‘g‘ri kelmoqda.

🪙 Yurtimizdagi keksa yoshdagi fuqarolarni, pensiya oluvchilarni, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda bayramni ko‘tarinki ruhda kutib olishlarini ta’minlash maqsadida, pensiya to‘lovlarini bank plastik kartada oluvchi fuqarolarning joriy yil sentyabr oyi uchun pensiya to‘lovlari 1 sentyabr kuniga qadar ularning bank plastik kartalariga o‘tkazib beriladi.

✅ Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida"gi Farmoni (PF-108-son) ga muvofiq joriy yil sentyabr oyi pensiyalar miqdori 15 foizga oshirilgan holatda pensionerlarga to‘lanishi ta’minlanadi.

🗣 Naqd pul shaklida pensiya oluvchilarga to‘lovlar 4 sentyabr kunidan boshlab Xalq banki sayyor kassalari tomonidan grafikka muvofiq amalga oshiriladi.

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi barcha yurtdoshlarimizni yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayrami bilan tabriklaydi!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!