Mo‘g‘uliston va O‘zbekiston tog‘-kon sanoatini birga rivojlantiradi

Mo‘g‘uliston va O‘zbekiston tog‘-kon sanoatini birga rivojlantiradi

Xorij matbuoti O‘zbekiston haqida

O‘zbekiston Respublikasi Konchilik va geologiya, Qishloq xo‘jaligi va Raqamli texnologiyalar vazirliklari mas’ul xodimlaridan iborat kengaytirilgan ishchi guruh Mo‘g‘ulistonga safar uyushtirdi.

Tashrif davomida mamlakatimiz tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri Bobir Islomov “MONSAME” axborot agentligi muxbiriga hamkorlikni yanada kengaytirish imkoniyati va istiqboli xususida so‘zlab berdi:

– Mo‘g‘uliston konchilik va sanoat vazirligida juda samarali muzokara o‘tkazib, geologiya-qidiruv va tog‘-kon sanoati istiqbolini muhokama qildik. Mis, uran, oltin konlarini o‘zlashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratdik. Ma’lumki, uran sanoati xalqaro miqyosda yuqori darajada tartibga solish talab qilinadigan murakkab soha. Ko‘p yillar davomida Mo‘g‘ulistonda geologik qidiruv muvaffaqiyatli olib borilayotganidan xabarimiz bor. Binobarin, ayni payt uranni ishlab chiqarish va eksport qilish hali yo‘lga qo‘yilmagan. Ikki do‘st mamlakat ushbu xom ashyoni xalqaro bozorga olib chiqish uchun o‘zaro manfaatli sheriklikni yo‘lga qo‘yishni nazarda tutuvchi aniq takliflar kiritdik. Shu bilan birga mazkur davlatda mineral resurslar sohasida ham ulkan salohiyat mavjudligini qayd etamiz. Ayni yo‘nalish mamlakat eksportida salmoqli ulushga ega. Bu jarayonda biz ham maxsus ishlanmalar, texnologiyalar bilan ishtirok etish niyatidamiz. Zero, O‘zbekistonda ayni yo‘nalishlar bo‘yicha muayyan tajriba to‘plangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!