73 ta akademik liseyda tajriba tarzida “Xalqaro bakalavriat” va “A-level” dasturlari joriy qilinadi

73 ta akademik liseyda tajriba tarzida “Xalqaro bakalavriat” va “A-level” dasturlari joriy qilinadi

Yangi o‘quv yilidan oliygohlar qoshidagi jami 73 ta akademik liseyda tajriba tarzida “Xalqaro bakalavriat” va “A-level” dasturlari joriy qilinadi.

Bu dasturlar asosida sertifikat olgan o‘quvchilar o‘sha oliygohga imtihonsiz, kontrakt asosida qabul qilinadi.

Yoshlarimiz xorijiy oliygohlarda o‘qish uchun matematika, ingliz tili va ilmiy fikrlash bo‘yicha “SAT” imtihonini topshirmoqda. Bu testlarda 75 foizdan yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar chet elni eng nufuzli oliygohlariga grant yutayapti.

- Endi bunday yoshlarni o‘zimizni oliygohlarga ham grantga qabul qilamiz,
- dedi Prezident.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!