Kiberjinoyatlarning 95 foizi bevosita jabrlangan shaxsning xatosi bilan sodir bo‘lgan

Kiberjinoyatlarning 95 foizi bevosita jabrlangan shaxsning xatosi bilan sodir bo‘lgan

Kiberjinoyatlarning 95 foizi bevosita jabrlangan shaxsning xatosi bilan sodir bo‘lgan.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Tezkor-qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi boshlig‘i o‘rinbosari Saidkamol Sodiqov ma’lum qildi.

Jabrlanuvchilarning shaxsiga doir va bank kartasi ma’lumotlarini begona shaxslarga taqdim etishi oqibatida kiberjinoyatlar qurboniga aylanishgan.

⚡️ Shuningdek, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash orqali xorijdan turib kiberjinoyatlar sodir etilishi kuzatilmoqda. Jumladan,

➡️fuqarolarga yaqin qarindoshlari nomidan “soxta qo‘ng‘iroq” qilib, pul yuborishiga erishish,

➡️virusli dasturlar yordamida mobil qurilmaning boshqaruvini qo‘lga kiritish,

➡️sun’iy intellekt yordamida tasvirlarni soxtalashtirish, mulkiy zarar yetkazish kabilar.

Aholida “raqamli immunitet”ni shakllantirish maqsadida «O‘zbekiston — 2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” kompleks targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish uchun joriy yilning
1 iyul kunidan boshlab, bir oy davomida Respublikaning barcha viloyatlarida kibermadaniyatni yuksaltirish targ‘ibot oyligiga start beriladi.

👤 Targ‘ibot tadbirlari boshqalardan farqli ravishda, “mahallabay”, “xonadonbay” va “fuqarobay” tarzda aholining har bir qatlami o‘rtasida individual yondashuv asosida olib borilishi belgilangan.

Kiberjinoyatlarga qarshi kurashishni targ‘ib qiluvchi hamda kiberjinoyatlardan ogohlikka chorlovchi 23 xil turdagi tanlov innovasion yondashuv asosida o‘tkaziladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!