Muftiy Usmonxon Alimov Chechenistondagi masjid ochilishida qatnashadi

Muftiy Usmonxon Alimov Chechenistondagi masjid ochilishida qatnashadi

Yangi masjid Ramzon Qodirov nomi bilan atalib, 23 avgustda, ya’ni bugun ochiladi.

22 avgust kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning taklifiga binoan Shali shahrida bunyod etilgan muhtasham masjidning ochilish tadbirida ishtirok etish uchun ushbu davlatga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston delegasiyasi tarkibiga hukumat vakillari, ulamolar, mudarrislar va ommaviy axborot vositalari vakillari kiritilgan.

Ushbu marosimda davlat va din arboblari, muftiylar, taniqli islom ulamolari, soha mutaxassislari va ekspertlar ishtirok etadi. Shuningdek, masjidning ochilish marosimi doirasida turli diniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Mazkur masjid o‘zbek me’morlari tomonidan loyihalashtirilgan va Markaziy Osiyoga xos uslubda 7 yil davomida qurilgan.

Shuningdek, masjid ochilishi munosabati bilan restorator Bahriddin Chustiy boshchiligidagi o‘zbekistonlik bir guruh oshpazlar Shalida 3 tonnalik palov tayyorlashadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!