Muftiy hazrat yangi qurilish ishiga duo berdi

Muftiy hazrat yangi qurilish ishiga duo berdi

19 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov “Hazrati Imom” majmuasi “Movarounnahr” nashriyoti yonida barpo etilishi rejalashtirilgan uch qavatli bino loyihasi bilan tanishdi.

Tashrif davomida muftiy hazratga ushbu qurilish jarayoni, ko‘zda tutilgan rejalar haqida O‘MI xo‘jalik bo‘limi mudiri Jamilov Rustam batafsil ma’lumot berdi.

Loyihaga ko‘ra, ushbu hududda 3 qavatli muhtasham bino qad rostlaydi. 1-2 qavati – Diniy idora, “Movarounnahr” nashriyoti xodimlari, Toshkent Islom instituti ustoz va talabalari uchun oshxona, 3 qavati – martabali mehmonlarni kutib olishga mo‘ljallangan zal va restoran. Shuningdek, mazkur bino yerto‘lasida O‘MI bosmaxonasi tashkil etiladi.

Muftiy hazrat quruvchilar bilan samimiy muloqot o‘tkazgandan so‘ng qurilish bo‘yicha zarur taklif va tavsiyalar berdilar. Alloh taolodan dinimiz rivoji yo‘lida boshlangan ushbu qurilish ishining xayrli bo‘lishini, quruvchilarga kuch-quvvat so‘rab duoyu fotiha qildilar.

Manba: muslim.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!